Andijondagi «gaz zapravka»da yuz bergan portlash tafsilotlari ma’lum qilindi

Andijondagi «gaz zapravka»da yuz bergan portlash tafsilotlari ma’lum qilindi

2020 yilning 25 fevral kuni taxminan soat 10:10larda Xo‘jaobod tumanida avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida 32 yoshli SH.O.ning boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinasida portlash yuz bergani xabar qilingandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentiga ko‘ra, portlash natijasida shoxobcha ishchisi A.K. jarohatlangan bo‘lib unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, boshqa hech kim jarohatlanmagan. Shuningdek, portlashda 6 ta avtomashina turli darajada shikastlangan.

Tekshiruv jarayonida aniqlanishicha, gaz quyayotgan ushbu avtomashinaga o‘rnatilgan 100 litr hajmdagi 2012 yilda ishlab chiqarilgan gaz ballonida portlash yuzaga kelgan. Shuningdek, gaz uskunasi avtomashinaga 2018 yilda o‘rnatilgan, uning seriya raqamlari gaz uskunasini qayd etish hujjatlariga mos kelmasligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Xo‘jaobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!