Andijonda suvni simirgan “olg‘ir”lar qo‘lga tushdi

Andijonda suvni simirgan “olg‘ir”lar qo‘lga tushdi

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi hamda hududiy bo‘limlari tomonidan suv iste’moli sohasida yuzaga kelayotgan noqonuniy holatlar aniqlanmoqda.

Joriy yilning 5 aprel kuni Byuroning Andijon shahar bo‘limi xodimlari tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor X.S.ning ichimlik hamda oqava suv tarmog‘ini o‘rganishi davomida noqonuniy holat aniqlangan.

YATT X.S. suv hisoblagichdan tashqari o‘zboshimchalik bilan diametri 15 mm.ga teng bo‘lgan quvur ulab olib ichimlik suvidan foydalanib kelgan. Natijada ta’minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori 5 mln. 147 ming 520 so‘mni tashkil etgan. Ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, iste’molchi tarmoqdan ajratildi.

Shuningdek, shahar hududida faoliyat yuritib kelayotgan korxonalardan birining ichimlik hamda oqava suv tarmog‘i o‘rganilishi davomida yana bir noqonuniy holat aniqlandi. Korxona suv hisoblagich o‘rnatmasdan, shartnomasiz, ruxsatsiz, diametri 20 mm.ga teng bo‘lgan quvur ulab olib foydalanib kelgan.

Oqibatda ta’minotchi korxonaga yetkazilgan zarar miqdori 1 mln. 309 ming 440 so‘mni tashkil etdi va unga nisbatan tegishli jazo belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!