Andijonda “gaz zapravka”da “Nexia” portladi

Andijonda “gaz zapravka”da “Nexia” portladi

Bugun taxminan soat 10:10 larda Xo‘jaobod tumani Xidirsha mahallasi “Xolis Tafakkur” MCHJga qarashli avtomobillarga suyiltirilgan metan gaz quyish shaxobchasida 32 yoshli SH.O.ning boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasiga gaz quyayotgan vaqtida, portlash yuz bergan.
Jiddiy jarohat olganlar yuk.
Shaxobcha hududida gaz quyayotgan yana 6 ta avtomashinaga turli darajada texnik shikast yetkazilgan. 
Hozirda hodisa joyida tergov tezkor gurihi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!