Ana xolos. Rossiyalik ayol tirik ekanini sud orqali isbotladi

Ana xolos. Rossiyalik ayol tirik ekanini sud orqali isbotladi

Irkutsk viloyatida yashovchiiayol tirik ekanini tasdiqlab berishlari#uchun sudga murojaat qildi. Bu haqda tuman prokuraturasi saytida 11 fevral kuni xabar berildi.

Nafaqaxo‘r bu ayol nazorat taftish hisobotini taqdim etgan va unga pensiya to‘lamay qo‘yishgani, bankdagi hisobi yopib qo‘yilgani hamda tibbiy sug‘urta polisining to‘xtatib qo‘yilganidan shikoyat qilgan.

Tekshiruvlar ayolning hujjatlardv bir necha oy muqaddam vafot etganini ko‘rsatdi. Avgust oyidayoq uning o‘lgani to‘g‘risida hujjatlar rasmiylashtirilgan, FHDYo ham uning vafoti to‘g‘risida ma’lumotni qayd etgan.

Natijada shikoyatchining o‘lganligi to‘g‘risidagi ma’lumot sud tartibida bekor qilindi hamda uning konstitusion huquqlari qayta tiklandi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!