Ana xolos! Koronavirusga chalinganini bilgan holda kira qilib yurgan erkak qo‘lga olindi

Ana xolos! Koronavirusga chalinganini bilgan holda kira qilib yurgan erkak qo‘lga olindi

Moskvada o‘zining koronavirusga chalinganligini bilgan holda taksistlik qilib yurgan haydovchi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda "360" telekanali o‘z manbasiga tayangan holda.

Huquqni muhofaza qilish organlarida aniqlik kiritilishicha, erkak Tojikiston fuqarosi bo‘lgan va Tula viloyatida vaqtinchalik ro‘yxatda turgan. Moskvada esa doimiy istiqomat qilib kelgan.

Polisiyachilar uning yoshi 35daligini, bunday ism va familiyali odam esa "Yandeks.Taksi" ma’lumotlar bazasida borligini aniqlaganlar.

Polisiya xodimlari uni uyining oldida qo‘lga olgan va tojikistonlik o‘zida koronavirus aniqlanganiga iqror bo‘lgan.

Tibbiyot xodimlari undan to‘liq sog‘ayguniga qadar uyda qolishni so‘rashgan, ammo u karantin qoidalarini buzgan.

Erkak mashinadan taksistlik qilish uchun emas, faqat do‘konga borish uchun foydalanganini aytgan, ammo u qat’iy izolyasiya rejimini buzgan.

Polisiyachilar ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishgan va shundan so‘ng uni "Sarisino"dagi observasiya markaziga yuborishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!