Ana xolos! Amerika Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish 15 yanvargacha to‘xtatdi

Ana xolos! Amerika Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish 15 yanvargacha to‘xtatdi

Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlarini olib chiqish 15 yanvargacha to‘xtatildi. Berlindagi Kerber fondi tomonidan tashkil etilgan tashqi siyosiy forumda Germaniya Mudofaa vazirligi rahbari Annegret Kramp-Karrenbauyer missiyani yakunlash Tolibon radikal harakati bilan muzokaralar natijalariga bog‘liq, deya ta’kidlagan.

"Oq uyning tasdiqlashicha, qo‘shinlarni olib chiqib ketish 15 yanvargacha kechiktirilgan, askarlar soni ikki yarim ming kishini tashkil etadi, bu keyingi rejalashtirish uchun juda muhimdir. Keyingi kunlarda amerikaliklar kimni va qayerdan olib ketilishini aniq ko‘rsatib berishlari kerak", degan vazir.

"Biz hali ham vazifamizni bajaryapmiz, doim ushbu topshiriqni bajarish bizning shartlarimiz bajariladimi-yo‘qligiga bog‘liq bo‘lishi haqida aytganmiz. Ushbu shartlar hozirda Tolibon va Afg‘oniston hukumati o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarida muhokama qilinmoqda", - deya qo‘shimcha qilgan vazir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan yaqin haftalarda olib chiqilishini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!