Amerika kubogi. AQSh o‘z yurtida o‘tayotgan musobaqa pley-off bosqichiga chiqa olmadi

Amerika kubogi. AQSh o‘z yurtida o‘tayotgan musobaqa pley-off bosqichiga chiqa olmadi

Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazilayotgan Amerika kubogi musobaqasida guruh bosqichi yakuniga yetib bormoqda.

"C" guruhida ishtirok etayotgan AQSh terma jamoasi bugun 3-tur doirasida Urugvayga qarshi maydonga chiqdi va 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada mezbonlar 3 ochko bilan guruhda 3-o‘rinni egallashdi.

Urugvay esa 9 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lgan bo‘lsa, Panama 6 ochko bilan 2-o‘rinni band etdi.

Amerika kubogi. "S" guruhi, 3-tur
AQSh – Urugvay 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 66 Olivera.
AQSh – Terner, Skalli (Rayt, 79), Rim (Tillman, 89), Richards, Robinson, Adams, Makkenni, Musa (Sardjent, 72), Pulishich, Reyna, Balogun (Pepi, 41).
Urugvay – Rochet, Olivera, Arauxo, Vinya (Ximenes, 72), Valverde, de la Krus (Bentankur, 79), Ugarte (Kaseres, 89), Arauxo (Olivera, 27), Pelistri, Nandes, Nunyes (Suares, 89).
Ogohlantirishlar: Adams (17), Richards (32), Nunyes (45+4).

Boliviya – Panama 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 22 Faxardo, 1:1 – 69 Miranda, 1:2 – 79 Gerrero, 1:3 – 90+1 Yanis.
Boliviya – Viskarra, Rocha (Miranda, 63), Akin, Suares, Kuelyar, Sagredo, Sespedes (Xustiniano, 63), Vaka (Sausedo, 81), Vilyamil (Terrasas, 63), Terseros (Chaves, 81), Algaranyas.
Panama – Moskera, Blekmen, Murilyo (Lenis, 46), Kordoba, Farinya, Xarvi (Gerrero, 74), Devis, Kristian Martines (Ayyarsa, 74), Uelsh (Yanis, 90), Faxardo (Gondola, 84), Barsenas.
Ogohlantirishlar: Vilyamil (21), Murilyo (42), Terrasas (86).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!