Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi

Alisher Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining 3 noyabrdagi qaroriga ko‘ra, Alisher Qayumovich Shodmonov Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori etib tayinlangan. Shu munosabat bilan 2016 yil dekabridan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasiga rektorlik qilib kelgan Laziz To‘ychiyev lavozimidan ozod etilgan.

Alisher Shodmonov 2017 yil fevralidan buyon Sog‘liqni saqlash vazirligini boshqarib kelayotgandi.

U shu yilning iyulida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanishga yotqizildi va uning o‘rniga bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev vazirlikka rahbarlik qilish vazifasi yuklatildi.

Avgust oyida vazir ishga qaytdi. U o‘tgan haftada Turkiyaga safar qilgan vazirlik delegasiyasiga rahbarlik qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!