Alisher Qodirov: O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun O‘zbekiston havo yo‘llari va temir yo‘llari monopoliyasini yo‘qotish kerak

Alisher Qodirov: O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish uchun O‘zbekiston havo yo‘llari va temir yo‘llari monopoliyasini yo‘qotish kerak

7 fevral, juma kuni Xalqaro press-klubning O‘zbekiston turizm salohiyatini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov mamlakatda turizm bilan bog‘liq eng katta muammolar — infrastrukturaga oid yechilmagan masalalar, yomon serviz va transport tizimining to‘g‘ri va xavfsiz yo‘lga qo‘yilmaganligini bildirdi.

«Biz hali oddiygina sanuzel muammosini hal qila olmadik, qanday qilib chetdan investor olib kelish haqida o‘ylashimiz mumkin?!» — dedi Alisher Qodirov.

«Milliy tiklanish» partiyasi yetakchisiga ko‘ra, O‘zbekistonga besh yulduzli mehmonxonada dam oladigan turistlar kelmaydi. Ular Antaliyaga boradi. Sayyohlarni bu yerda tarix, ekologiya qiziqtiradi.

«Turizmni mamlakatimizda rivojlantirish uchun avvalo O‘zbekiston havo yo‘llari va temir yo‘llari monopoliyasini yo‘qotishimiz kerak», — deya qo‘shimcha qildi Alisher Qodirov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!