Aleksey Navalniy Moskvada hibsga olindi. So‘nggi ma’lumotlar

Aleksey Navalniy Moskvada hibsga olindi. So‘nggi ma’lumotlar

Zaharlanganidan to‘rt oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy Rossiyaga qaytib kelishi bilan hibsga olindi. Rossiya jazoni ijro etish federal xizmati siyosatchi 2020 yil 29 dekabrdan beri qidiruvda bo‘lganligini ma’lum qildi.

Navalniyning samolyoti jadvalga ko‘ra Vnukovo aeroportida qo‘nishi kerak edi, biroq samolyot Sheremetyevoga qo‘ngan.

Vnukovo aeroportida muxolifatchini tarafdorlari va sheriklari kutishgan va ularning aksariyati hibsga olingan. «OVD-Info» ma’lumotlariga ko‘ra, Moskvada jami 58 kishi hibsga olingan: Vnukovoda 55, Sheremetyevoda yana uch kishi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Navalniy aeroportning tranzit zonasida, u yerga kirib bo‘lmaydi.

Amnesty International tashkiloti Aleksey Navalniyni «vijdon asiri» deb atadi. Uning hibsga olinishi Latviya, Litva va Estoniya Tashqi ishlar vazirligi va Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel tomonidan ham qoralandi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!