Ajoyib! Go‘shtli yomg‘r yoqqan kun

Ajoyib! Go‘shtli yomg‘r yoqqan kun

Bu voqea 1876 yilning 3 mart kuni Kentukki shtatida sodir bo‘lgan. Mahalliy fermerning turmush o‘rtog‘i Kraun xonim o‘sha paytda ko‘chda edi. To‘satdan u osmondan g‘aroyib bir narsa tushayotganini payqab qoladi. Yaqinroqdan qarab ayol bu yorqin qizil rangli va turli o‘lchamdagi go‘sht bo‘laklari ekanini tushunadi. Nyu-York Times portali bergan ma’lumotga ko‘ra, go‘shtlarning hammasi yangi bo‘lib chiqqan.

Go‘sht yomg‘iri bir necha daqiqa davom etdi va ayolni juda qo‘rqitib yuborgan. U eri Allenni chaqirgan va u bilan birga fermani ko‘zdan kechirgan. Er-xotin juda katta maydon go‘sht bilan qoplanganini ta’kidlagan.

Voqealar haqidagi ma’lumotlar viloyat bo‘ylab tezda tarqalib ketdi. Hattoki go‘shtdan yeb ko‘rgan dovyuraklar hm topilgan. Ba’zilar osmondan tushgan ta’mi kiyikni kabi desa, boshqalari qo‘zichoqniki ekanligini ta’kidlashgan. Ko‘plab ovchilar bo‘lsa bu ayiq go‘sht bo‘lishi mumkinligini aytishgan.

Mahalliy vakillardan biri tahlil uchun go‘sht olishga muvaffaq bo‘lgan. Mutaxassislar ko‘plab tadqiqotlarni o‘tkazdilar, biroq har bir tekshiruvning natijalari boshqacha edi. Yakuniy natija bo‘yicha ma’lum qlinishicha, osmondan tushgan go‘sht qo‘y yoki otga tegishli bo‘lishi mumkin. Ammo uning qanday qilib osmondan tushganligi esa hamon sirli jumboqligicha qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!