+30. Qashqadaryoda ishlovchi qozog‘istonlik fuqaro koronavirusga chalindi

+30. Qashqadaryoda ishlovchi qozog‘istonlik fuqaro koronavirusga chalindi

2020 yil 6 iyun soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4094 (+30) nafarni tashkil etmoqda.
 
Yangi kasallanish holatlarining 19 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolari orasida, 4 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 3 nafari Samarqand viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan va karantinga olingan fuqarolar orasida, yana 3 nafari Andijon viloyatida (1 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan, 2 nafari Qirg‘iziston Respublikasidan chegara post orqali kelgan), 1 nafari esa Qashqadaryo viloyatida ishlovchi qozog‘istonlik fuqaroda aniqlangan.
 
Ayni paytda yurtimizda 3268 (+21) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (79 foizi) sog‘aydi.
 
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 809 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!