30 noyabr statistikasi: Koronavirusdan vafot etganlar soni 610 nafarga yetdi

30 noyabr statistikasi: Koronavirusdan vafot etganlar soni 610 nafarga yetdi

2020 yil 30 noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 73 094 (+174) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining:
📌6 nafari Andijon viloyatida,
📌1 nafari Jizzax viloyatida,
📌7 nafari Navoiy viloyatida,
📌38 nafari Toshkent viloyatida,
📌122 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami ko‘rsatkich 610 nafarga yetdi.

♻️ Kecha kun davomida:
📌Andijon viloyatida 7 nafar, 
📌 Jizzax viloyatida 3 nafar,  
📌 Navoiy viloyatida 6 nafar, 
📌 Toshkent viloyatida 35 nafar, 
📌 Toshkent shahrida 88 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 70 337 (+139) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2147 nafar bemordan 172 nafari og‘ir, 39 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!