21 sentyabr xalqaro Alsgeymer xastaligiga qarshi kurashish kuni

21 sentyabr xalqaro Alsgeymer xastaligiga qarshi kurashish kuni

Buyuk Britaniyaning «Alsgeymerlar jamiyati» xayriya va tadqiqot tashkiloti Alsgeymer kasalligi rivojlanish xavfini oshiruvchi ba’zi omillarni aniqladi hamda ushbu kasallik alomatlariga tavsif berdi.

Joriy yilning 21 sentyabr kuni xalqaro Alsgeymer kasalligiga qarshi kurashish kuni hisoblanadi. Butun dunyo bo‘ylab Alsgeymer bilan og‘rigan 44 milliondan 50 milliongacha bemorlar mavjud.

Alsgeymer kasalligi nimaning oqibatida yuzaga kelishi hamon noma’lum, ammo Alsgeymer jamiyati kasallikning rivojlanish xavfini oshiradigan quyidagi omillarni aniqladi.

Keksa odamlar ushbu kasallikka ko‘proq moyil bo‘lishadi. 65 yoshga to‘lgandan so‘ng, har besh yilda Alsgeymer kasalligi rivojlanish xavfi ikki barobar ortadi. Kasallikning rivojlanish xavfi ayollarda ikki barobar yuqori bo‘ladi. Ba’zi kasalliklar, masalan, diabet, gipertoniya va semirib ketish, Alsgeymer kasalligi yoki demansning boshqa shakllari bilan og‘rish xavfini oshiradi. Bunday holda, irsiyat hal qiluvchi rol o‘ynamaydi – aksariyat hollarda kasallik meros bo‘lib o‘tmaydi.

Sog‘lom turmush tarzi ushbu kasallikning rivojlanish xavfini kamaytiradi. Bu Alsgeymer kasalligi bilan qarindoshlari bo‘lganlar uchun ayniqsa, muhimdir. Alsgeymer kasalligining dastlabki belgilari orasida mutaxassislar xotira buzilishi va o‘rganish qobiliyatining pasayishini qayd etishadi. Shuningdek, bemorlar vaqt va makon hislarini yo‘qotadi, ijtimoiy faoliyatdan bosh tortadi va sababsiz tashvishlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!