Zudlik bilan qutulishingiz kerak bo‘lgan yomon odatlar

Zudlik bilan qutulishingiz kerak bo‘lgan yomon odatlar

Odam asosan ikkita organi yuragi va miyasi sharofati bilan yashaydi. Biroq ushbu tana a’zolarini asta-sekinlik bilan yemiruvchi ba’zi odatlar borki, ulardan tezroq qutulgan ma’qul.

1. Nonushtadan voz kechish

Nonushta qilmaydigan kishilar qonida glyukoza miqdori juda past bo‘ladi, bu bosh miya faolligini susaytiradi.

2. Keragidan ortiqcha yeyish

Me’yoridan ortiq ovqat yeganingizda organizm qon tomirlari va bosh miya tomirlarida xolesterin to‘playdi.

3. Chekish

Sigareta miya faoliyatiga zarar yetkazadi va bosh miya hujayralarini yemiradi. So‘nggi tadqiqotlar esa chekish Alsgeymer kasalligi sabablaridan biri bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatdi.

4. Ko‘p miqdorda shakar iste’mol qilish

Qanchalik ko‘p shakar iste’mol qilsangiz, shunchalik ko‘p toksinlar va ortiqcha vazn hosil bo‘ladi, organizmdagi foydali moddalar ham kamayadi.

5. Ifloslangan havoda ko‘p bo‘lish

Ushbu omil sizga ko‘p ham bog‘liq bo‘lmasa-da, shuni bilishingiz kerakki, agar miyaga kislorod yetishmasa, uning faoliyati sezilarli darajada pasayadi.

6. To‘yib uxlamaslik

Etarlicha uxlamaslik bosh miya hujayralari yemirilishiga olib keladi.

7. Narkotiklar va spirtli ichimliklar iste’mol qilish

Ushbu moddalar bosh miya faoliyatini ortga qaytarib bo‘lmaydigan darajada izdan chiqaradi.

8. Kasallik vaqtida ishlash

Tobingiz qochgan vaqtida zo‘riqib aqliy mehnat qilish miya faoliyatiga zarar yetkazadi, chunki bu paytda organizm o‘zidagi barcha manbalarni kasallik bilan kurashishga sarflaydi. Bunday davrlarda miyaga yetarlicha kislorod bormaydi.

9. Rivojlanishning yo‘qligi

Miya doimiy ravishda rivojlanishi kerak, shuning uchun televizor ko‘rish o‘rniga kitob o‘qing, krossvord yeching yoki shaxmat o‘ynang.

10. Kamgaplik

So‘zlashish ham bosh miyani rivojlantirishning bir usulidir. Suhbatlasha turib, siz faktlarni eslab qolasiz, yangi so‘z va iboralarni o‘rganasiz, shu tariqa, miyani mashq qildirib, uni doimiy faollikda tutasiz.

Manba: sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!