Yangi ayblov: Xitoy koronavirusga qarshi dori yaratilishiga to‘sqinlik qilmoqda

Yangi ayblov: Xitoy koronavirusga qarshi dori yaratilishiga to‘sqinlik qilmoqda

AQShning respublikachi senatori Rik Skotning aytishicha, Xitoy G‘arbda koronavirus vaksinasi yaratilishiga to‘sqinlik qilmoqda. AQShda bunga dalil bor. Bu haqda "interfaks" xabar berdi.

"Biz vaksinani yaratishimiz kerak. Afsuski, Xitoy ishimizni to‘xtatishga yoki sekinlashtirishga harakat qilmoqda", – dedi u BBC bilan suhbatda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Xitoy AQSh vaksinani birinchi bo‘lib yaratishini istamaydi. Senator AQShda qanday dalillar bor, degan savolga javob bermadi.

Shu bilan birga, Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnologiyalar vaziri Van Chjigan yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda Xitoy kelajakda COVID-19 vaksinasining klinik sinovlarida, uni ishlab chiqish bo‘yicha mavjud hamkorlikka asoslanib, xalqaro hamkorlikni kuchaytirishini ta’kidlagandi.

"Vaksinani rivojlantirish yangi koronavirusni yengishga qaratilgan harakatlarimizdagi asosiy strategiya bo‘lib qolmoqda", – deya ta’kidladi vazir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!