Xitoyda uchirilgan fazoviy raketa yerga qulab tushdi

Xitoyda uchirilgan fazoviy raketa yerga qulab tushdi

Xitoyning markaziy qismida Beijing Tianbing Technology Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Tianlong-3 raketasining birinchi qismi ishga tushirilgandan keyin qulab tushdi va Guni shahridagi tepalikda portladi.

Bu haqda Reuters 30 iyun, yakshanba kuni kompaniyaga tayanib xabar berdi.

Baxtsiz hodisa “konstruktiv nosozlik” tufayli yuz bergani aytilmoqda. Raketaning qismlari “xavfsiz hudud”da sochilib ketdi, biroq yong‘inga sabab bo‘ldi. Yong‘in tezda o‘chirildi. Hech kim jabrlanmadi.

Ikki qismli Tianlong-3 – Beijing Tianbing Technology Co kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan, qayta foydalanish mumkin bo‘lgan raketa-tashuvchi.

May oyida Xitoy koinotga yangi Long-March-6C raketasini uchirdi. Uning uzunligi 43 metr va uchish og‘irligi taxminan 215 tonnani tashkil qiladi. Raketa taxminan 2,4 tonna og‘irlikdagi foydali yukni 500 kilometrlik orbitaga olib chiqishga qodir.

Avvalroq Xitoyda Gravity-1 raketasi uchirilgan edi. U qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dunyodagi eng kuchli raketa deb qaraladi. Raketada uchta asosiy qism va to‘rtta kuchaytirgich mavjud, deb xabar beradi korrespondent.net.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!