Xalq ta’limi vaziri xalqdan 3 kunda uch mingta taklif kelganini aytdi

Xalq ta’limi vaziri xalqdan 3 kunda uch mingta taklif kelganini aytdi

Shermatovning yozishicha, hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda.

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov o‘zining Feysbukdagi sahifasida xalqdan 3 kun ichida 3 mingta taklif kelib tushganini ma’lum qildi.

"Prezidentimiz tomonidan xalq ta’limi tizimi mamlakatimiz kelajagi uchun eng muhim sohalardan ekanligi haqida alohida ta’kidlab o‘tilgan edi. Bu haqiqatda xalqimiz uchun juda dolzarb soha ekanligini birgina mavjud muammolarni yechimi bo‘yicha odamlardan yig‘ilgan onlayn-forma orqali yuborilgan takliflar sonidan ham bilsa bo‘lar ekan: 3 kunda 3 mingdan ortiq taklif kelib tushibdi, xali ham davom etayapti", — deyiladi vazir yozgan postda.

 

Endi ushbu takliflarni tahlil qilib, ularni tizimli ravishda yechimini topish bo‘yicha ishlash ko‘zda tutilmoqda.

Shermatovning yozishicha, hozirgi kunda Xalq ta’limi vazirligi tuzilmasini qayta tasdiqlash bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqilmoqda. Ushbu loyihada yechimi tez bo‘lishi mumkin masalalar kiritilishi aytilgan.

"Yangi tuzilma tasdiqlanib, Vazirlikda samarali ishlaydigan komandani shakllantirib olganimizdan keyin esa tizimli ravishda muammolar yechimi bo‘yicha ishlanadi", — deb ma’lum qilgan Shermatov.


Manba: sputniknews-uz.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!