Voyaga yetmaganlar orasida eng ko‘p jinoyat qaysi viloyatlarda sodir etilgan?

Voyaga yetmaganlar orasida eng ko‘p jinoyat qaysi viloyatlarda sodir etilgan?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Oliy sud, Mudofaa vazirligi, Adliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini boshqarish bo‘yicha respublika kengashi o‘tkazgan tadbirda joriy yilning 10 oyida voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 426 taga kamaygani ma’lum qilindi.

Jinoyat turlaridan giyohvandlik 3 taga, nomusga tegish 12 taga, bezorilik 18 taga, bosqinchilik 24 taga, talonchilik 44 taga va o‘g‘rilik 252 taga kamaygan. Shuningdek, yoshlar sodir etgan jinoyatlar 30,4foizga, jinoyatlarda ishtirok etgan yoshlar soni 36 foizga kamaydi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davrida 39 ming 132 nafar shaxs jinoyat sodir etgan. Shundan 13 ming 423 nafari yoki 34,3 foizi voyaga yetmaganlar va yoshlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Bu ko‘rsatkichni viloyatlar misolida ko‘radigan bo‘lsak, Farg‘onada 34,5 foiz, Sirdaryoda 34,1 foiz, Qashqadaryoda 32,3 foiz, Toshkent viloyatida 36,4 foiz, Surxondaryoda 34 foiz va Toshkent shahrida 39,4 foizni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!