O‘zbekistonlik Rossiyaga 60 kilodan ortiq qulupnay olib kirishga urindi

O‘zbekistonlik Rossiyaga 60 kilodan ortiq qulupnay olib kirishga urindi

O‘zbekistonlik Janubiy Koreyadan Rossiyaning Xabarovsk shahriga 60 kilogrammdan ortiq qulupnay olib kirishga urindi. Bu haqda mintaqadagi Rosselxoznadzor boshqaramasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xorijiy fuqaroning yonida fitosanitar sertifikati bo‘lmagan, shu bois inspektorlar qulupnay mevasini musodara qilib, yo‘q qilishdi.

Eslatib o‘tamiz, bojxona normalariga binoan, Rossiyaga karantin ostidagi mahsulotlarni besh kilodan ziyod bo‘lmagan miqdorda tegishli hujjatlarsiz olib kirish mumkin.

Avvalroq Chelyabinsk viloyatida Rosselxoznadzor xodimlari Rossiya va Qozog‘iston chegarasida xurmo mevalari ortilgan 10 ta yuk avtomobilini kiritmagan edi. Xurmo mevalari O‘zbekiston va Tojikistonda yetishtirilgan bo‘lgan. Ammo haydovchilarning tegishli sertifikatlari bo‘lmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!