O‘zbekistonlik qiz Italiyada bo‘lib o‘tgan musiqa festivalida g‘alaba qozondi

O‘zbekistonlik qiz Italiyada bo‘lib o‘tgan musiqa festivalida g‘alaba qozondi

14-16 oktyabr kunlari Italiyaning San-Remo shahrida nufuzli «Sanremo Junior» xalqaro bolalar musiqa festivali bo‘lib o‘tdi.

Bu musiqiy tanlovda O‘zbekiston birinchi marta ishtirok etdi. Musobaqaning saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘zbekistonlik 11 yoshli qiz Sofiya Singx Gill finalga chiqdi. Tomoshabinlar va hakamlar hay’ati O‘zbekiston vakilining vokal qobiliyatini yuqori baholab, 1 o‘rin berishdi.

«Sanremo Junior» – YUNISEF va San-Remo ma’muriyati homiyligida o‘tkaziladigan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun eng mashhur vokal tanlovlaridan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!