O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi jahon chempionati finalida

O‘zbekistonlik 12 yoshli shaxmatchi jahon chempionati finalida

Gruziyaning Batumi shahrida 8-12 yoshli shaxmatchilar o‘rtasida o‘tayotgan jahon chempionati hal qiluvchi pley-off bosqichiga kirdi. Qiziqarli kechgan yetti turdan so‘ng barcha yosh toifalarida medallarga asosiy da’vogarlar nomi aniqlandi.

Oltita yosh toifasida sovrindorlikka nomzodlar qatorida o‘zbekistonlik Biloliddin Obidovning borligi mamlakatimiz jahon shaxmatiga yana bir iste’dod egasini yetishtirib berganidan dalolat.

Jahon chempionatida Biloliddin Obidov 12 yoshlilarning ”A” guruhida yetakchilikka erishib, xitoylik Xaomin Ku bilan oltin medalga kim haqliroq ekaniga oydinlik kiritadi.

Kecha da’vogarlar o‘rtasida o‘tkazilgan ilk o‘yinda hamyurtimiz xitoylik shaxmatchini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Bugun, 2 iyul kuni Xaomin Ku - Biloliddin Obidov o‘rtasida tashkil etiladigan javob o‘yinida ham Obidovning qo‘li baland kelsa, 12 yoshlilar o‘rtasida jahon chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ladi.

Mazkur yosh toifasida bronza medali uchun bahs italiyalik Damir Bulgak va gruziyalik Gabriyel Gabadadze o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu shaxmatchilarning ilk o‘yinida tomonlar murosa yo‘lini tanlagandi.

Shuningdek, 8 yoshlilar o‘rtasida chempionlik uchun qozog‘istonlik Rizat Ulan va AQSh vakili Aiden Linyuan Li, 10 yoshlilar orasida Nurali Bolashakov (Qozog‘iston) - Chenxuan Lin (AQSh), 8 yoshli qiz bolalar o‘rtasida Stella Xin (AQSh) - Reana Kinzyabulatova (FIDE),10 yoshli shaxmatchi qizlar o‘rtasida Milana Filippova (Qozog‘iston) - Alisa Anriyetta Yunker (FIDE), 12 yoshlilar o‘rtasida Xue Tianxao (Xitoy) - Pratite Bordoloi (Hindiston) oltin uchun kurash olib boradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!