O‘zbekistonga qaytishni istagan barcha fuqarolar Vatanga olib kelinadimi?

O‘zbekistonga qaytishni istagan barcha fuqarolar Vatanga olib kelinadimi?

Koronavirus pandemiyasi sabab ko‘plab mamlakatlar chegaralarini yopib, horijdagi o‘z fuqarolarining arosatda qolib ketishiga ham sabab bo‘ldi. Biroq O‘zbekiston Prezidenti va rahbariyatining pozisiyasidan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston horijdagi o‘z fuqarolarini og‘ir vaziyatdan olib chiqish choralarini ko‘rish ishidan chekinmoqchi emas.

Oddiy aytganda virus ofati bilan kurash ham ichki va tashqi frontda davom ettiriladi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N. Ismoilovning bildirishicha, O‘zbekistonga qaytishni istagan chet eldagi barcha fuqarolarni davlat mablag‘lari hisobidan Vatanga olib kelish ishlari to zaruriyat tugaguniga qadar davom ettiriladi.

"Butun dunyoni tashvishlantirayotgan koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat tufayli ayrim mamlakatlar o‘zining xorijdagi fuqarolarini bu ofat qarshisida yolg‘iz qoldirib, shosha-pisha o‘z chegaralarini yopib olganligini hammamiz diqqat bilan kuzatib bordik. Ammo O‘zbekiston bu borada umuman boshqacha yo‘l tutdi. O‘zbekistonga qaytishni istagan chet eldagi barcha fuqarolarni davlat mablag‘lari hisobidan Vatanga olib kelish uchun bor imkoniyatlar ishga solindi. Eng ahamiyatlisi, bu boradagi ishlar hozir ham amalga oshirilmoqda va to zaruriyat tugaguniga qadar davom ettiriladi".

Nurdinjon ISMOILOV,
O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Qonunchilik
palatasining Spikeri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!