Prezident Saudiya Arabistoni Qiroliga tabrik telegrammasi yo‘lladi

A A A
Prezident Saudiya Arabistoni Qiroliga tabrik telegrammasi yo‘lladi

Davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayev Qirol Salmon bin Abdulaziz Ol Saudni Qozog‘iston Respublikasi bilan Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan tabrikladi.

Bu haqda Aqorda matbuot xizmati xabar berdi.

“Tarixiy nuqtai nazardan, qisqa vaqt ichida an’anaviy do‘stlikka asoslangan hamkorligimiz jadal rivojlanib, mustahkam va ishonchli sheriklikka aylanganini alohida ta’kidlamoqchiman. Bugungi kunda - Saudiya Arabistoni Qozog‘istonning nafaqat Yaqin Sharq mintaqasidagi, balki arab dunyosidagi asosiy siyosiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, mamlakatlarimiz xalqaro va mintaqaviy formatlarda faol hamkorlik qilmoqda. Shu bilan birga, Qozog‘iston-Saudiya hamkorligi kelajakda ham ravnaq topishiga ishonaman. O‘z tarafimdan, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida mamlakatingiz bilan har tomonlama munosabatlarimizni yanada chuqurlashtirish yo‘lida Siz bilan birgalikda sa’y-harakatlarni safarbar etishga doim tayyorman”, - deyiladi telegrammada.

Prezident Saudiya Arabistoni Qiroliga baxt va uzoq umr, qardosh Saudiya xalqiga esa baraka tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!