Tailandda jazirama tufayli 30 kishi halok bo‘ldi

Tailandda jazirama tufayli 30 kishi halok bo‘ldi

Tailandda jazirama tufayli 30 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Qirollik Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi 24KZ.

Mamlakatda aprel oyi boshidan beri termometr 40 darajadan pastga tushmadi. O‘tgan haftada Lampangda havo harorati 44 darajaga yetgan.

Sinoptiklar mamlakatning markaziy va shimoliy hududlarida shu hafta oxirigacha yuqori harorat saqlanib qolishini taxmin qilmoqda. Aholi va sayyohlarga uzoq vaqt ochiq havoda qolmaslik tavsiya etiladi. Issiqlikdan eng ko‘p jabr ko‘rayotganlar - tashqarida ishlaydiganlar va uysizlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!