G7 Rossiya gazidan voz kechadimi?

G7 Rossiya gazidan voz kechadimi?

Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gazidan voz kechish masalasi Turinda bo‘lib o‘tayotgan “Katta yettilik” mamlakatlari tegishli vazirlari uchrashuvi kun tartibiga qo‘yilgan, deya ma’lum qildi Italiya atrof muhit va energetika xavfsizligi vaziri Jilberto Piketto-Fratin.

– Bu masala ham texnik, ham siyosiy kun tartibida turibdi, – degan u OAV vakillariga. – Kechgacha kutaylik-chi, natija qanday bo‘larkan? Biz ushbu masala ustida ishlayapmiz, agar yakuniy qaror qabul qilinganda, sizlarga aytgan bo‘lardim.

So‘nggi payt Yevropaning ayrim davlatlari Rossiya gazi importini to‘xtatmoqchi bo‘lyapti. Masalan, yaqinda Belgiya energetika vaziri Tinne van der Straten Rossiya byudjetiga daromad keltirmaslik uchun mamlakat suyultirilgan gaz reeksportini bosqichma-bosqich taqiqlash tarafdori ekanini aytdi. Avvalroq RF suyultirilgan tabiiy gazi Yevropaga yetkazib berilishiga cheklov qo‘yish ehtimoli to‘g‘risida Germaniya va Shvesiya ham ma’lum qilgan edi. Bunday chora Yevroittifoq tomonidan Rossiyaga qarshi tayyorlanayotgan sanksiyaning 14-to‘plami doirasida ham ko‘rib chiqilyapti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!