Kolumbiyada vertolyot qulab, 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiyada vertolyot qulab, 9 askar halok bo‘ldi

Kolumbiya shimolida harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida 9 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Halok bo‘lganlar orasida bir general ham bor.

MI-17 HK3395 vertolyoti Bolivar departamentiga qarashli Guaraperiya qishlog‘i hududiga quladi.

Ma’lum qilinishicha, ekipaj “Klan del Golfo” narkokarteliga qarshi amaliyotda ishtirok etgan.

Hodisa sababini aniqlash uchun tergov olib borilyapti.

Umuman, Kolumbiyada yil boshidan buyon vertolyot halokati juda ko‘p harbiylar hayotiga zomin bo‘lgani ta’kidlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!