O‘zbekistonda fuqarolar osoyishtaligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar belgilanmoqda

O‘zbekistonda fuqarolar osoyishtaligi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar belgilanmoqda

O‘zbekistonda fuqarolar osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlar qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

1 iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan. Loyihada atrof tabiiy muhitga shovqin orqali zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun kompensasiya to‘lovlari, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish sohasidagi davlat organlarining vakolatlari belgilab qo‘yilmoqda.

Qonun loyihasi bilan fuqarolar osoyishtaligi va normal dam olishini buzadigan harakatlar qat’iy ro‘yxati tasdiqlanmoqda, shuningdek fuqarolarning osoyishtaligi va normal dam olishini buzishga yo‘l qo‘yilmaydigan vaqtlar oralig‘i belgilanmoqda.

Fraksiya a’zosi Turganbay Xo‘janazarovning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi O‘zbekistonda aholining qulay tabiiy muhitda hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, ularning salomatligi va osoyishtaligini har qanday zararli shovqinlar ta’siridan himoya qilishga xizmat qilishi, bu o‘z navbatida partiya dasturiy maqsadlari saylovoldi dasturlaridagi bosh g‘oya hisoblanmish fuqarolarning sog‘lig‘i saqlash, ularning qulay atrof-muhitga ega bo‘lishligini ta’minlash kabi maqsadlarga hamohangdir.

Majlis so‘ngida qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qo‘llab-quvvatlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!