O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yil boshidan buyon ilk marta arzonlashdi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yil boshidan buyon ilk marta arzonlashdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 12 fevraldan boshlab valyuta operasiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 6 so‘m 38 tiyinga arzonlashib, 8395 so‘m 15 tiyinga yetgan.

Evro kursi esa 113 so‘m 8 tiyinga arzonlashib, 9510 so‘m 3 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 68 tiyinga arzonlashib, 127 so‘m 67 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 122 so‘m 52 tiyinga qimmatlashib, 10 869 so‘m, 20 tiyinni tashkil qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, dollar kursi so‘nggi marta 11 dekabr kuni 2 so‘m, 21 tiyinga arzonlashgandi.

Ma’lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!