O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni: parlamentlararo hamkorlik rivojlanmoqda

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni: parlamentlararo hamkorlik rivojlanmoqda

O‘zbekiston Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Saudiya Arabistoni Sho‘ro Kengashi «Saudiya-O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik qo‘mitasi raisi Muhammad bin Abdulaziz Al-Jarba boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabat va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish hamda turli sohalarda, xususan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va parlamentlararo almashinuvni yanada faollashtirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik nafaqat ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga, balki mintaqaviy barqarorlik va rivojlanishga ham hissa qo‘shmoqda.

Ta’kidlanganidek, so‘nggi yillarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik ko‘lami kengayib bormoqda.

M.Al-Jarba O‘zbekistonda parlament institutining faoliyatiga yuqori baho berib, ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, parlamentlararo aloqalar nafaqat siyosiy muloqotni, balki iqtisodiy, madaniy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni ham rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, jumladan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar doirasida izchil rivojlanib borayotgani alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama aloqalarni, xususan, parlamentlararo aloqalarni yanada kengaytirishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!