Zelenskiy Bloomberg uchun bergan intervyusida Putin Ukraina tomonidan tashkillashtiriladigan keyingi tinchlik sammitiga taklif qilinishi mumkinligini istisno etmadi

Zelenskiy Bloomberg uchun bergan intervyusida Putin Ukraina tomonidan tashkillashtiriladigan keyingi tinchlik sammitiga taklif qilinishi mumkinligini istisno etmadi

Zelenskiy agar Rossii va Ukraina muzokaralar stoliga o‘tirish yo‘lini topa olsa ham, Putin “yaqin vaqtlar ichida” unda ishtirok etishiga shubha qilishi, chunki rossiyaliklar prezidenti "kelishdan juda qo‘rqadi" deb hisoblashini aytgan.

Zelenskiyning fikricha, urush "Ukraina va butun dunyo uchun adolatli yakunlanishi" uchun AQSh va Xitoy ixtiloflarni chetga surishi va birgalikda vositachilik qilishi lozim.

Zelenskiy Xitoy urushni yakunlashda "jiddiy rol" o‘ynashi lozimligi, chunki Rossiya Xitoy eksport bozoriga qattiq qaram bo‘lib qolganini ta’kidlagan. Ukraina prezidenti Finlyaandiya prezidenti, 2 iyul kuni Bloomberg uchun bergan intervyusida "Rossiya hozirda Xitoyga har qachongidan ko‘ra qattiqroq qaramligi va XXR raisi Si Jinpinning birgina qo‘ng‘irog‘i Ukrainadagi inqirozni hal qilishi mumkinligi"ni aytgan Aleksandr Stubbning fikrlariga qo‘shilishini bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!