Turkiya fubol federeasiyasi Demiral ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinganini rad etdi

Turkiya fubol federeasiyasi Demiral ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinganini rad etdi

Turkiya futbol federasiyasi Merih Demiral diskvalifikasiya qilinganini rad etdi.

Turkiya milliy jamoasi himoyachisi Yevro-2024 1/8 finalida Avstriya (2:1) ustidan qozonilgan g‘alabani «bo‘rilar salomi» bilan nishonlagan. Bu «kulrang bo‘rilar» panturkist guruhining belgisi bo‘lib, u ko‘plab Yevropa mamlakatlarida, xususan, Avstriyada taqiqlangan. Merihning harakatidan so‘ng Germaniyaning Bild nashri futbolchi UYEFA tomonidan ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilinganini xabar qilgandi.

«Bild nashriga tayanib, «Merih Demiral UEFA tomonidan ikki o‘yinga diskvalifikasiya qilindi» sarlavhasi ostida chop etilgan xabarlar haqiqat emas. 5 iyul ertalabgacha bu ishni himoya qilishimiz kerak», — dedi Turkiya futbol federasiyasi.

Turkiya prezidenti administrasiyasi huzuridagi dezinformasiyaga qarshi kurash markazi ham diskvalifikasiya haqidagi ma’lumotni rad etdi.

«Ba’zi OAVlar: «UYEFA Merih Demiralni ikki o‘yinga diskvalifikasiya qildi« deb xabar tarqatdi. Bayonot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

UYEFA tomonidan Demiralga qarshi boshlangan tergov hali yakuniga etmagan va uning ikki o‘yinga chetlatilgani haqidagi gaplar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

UYEFA futbolchimizni himoya qilish uchun asoslar so‘ragan, shundan so‘ng tergov bo‘yicha qaror qabul qilinadi. Asossiz iddaolarga ishonmang», — dedi Dezinformasiyaga qarshi kurash markazi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!