Olti oyda 9 mingdan ortiq kadastr pasporti shakllantirildi

Olti oyda 9 mingdan ortiq kadastr pasporti shakllantirildi

Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan aholiga 10 dan ortiq davlat xizmati ko‘rsatilmoqda. Murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ko‘rinishda qabul qilinib, ijrosi ta’minlanmoqda.

Kadastr pasporti – ko‘chmas mulk ob’ekti to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlar va ob’ektning kadastr raqamini o‘z ichiga olgan elektron hujjat hisoblandi.

– Kadastr pasporti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida shakllantiriladi, – deydi Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi bino inshootlar kadastrini yuritish bo‘limi bosh mutaxassisi Azamat Bafoyev. – 2024 yilning o‘tgan davrida Davlat kadastrlari palatasi Buxoro viloyati boshqarmasining hududiy filiallariga kadastr pasportini shakllantirish masalasida 15 ming 124 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 9 ming 118 tasi ijobiy hal etilib, kadastr pasporti rasmiylashtirilib berilgan.

Kadastr pasportini shakllantirish uchun so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi, ko‘chmas mulk ob’ektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi, ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagani, vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk ob’ektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilgani sababli 5 ming 224 ta holatda bino-inshootlarga kadastr pasporti rasmiylashtirilmagan. Shuningdek, 449 ta holatda huquqiy hujjatlarning aslini taqdim etilmagani sababli murojaatlar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan bekor qilingan.

Hozirgi kunga qadar eng ko‘p kadastr pasportlarini rasmiylashtirish tuman, shaharlar bo‘yicha viloyatning Buxoro shahriga 2880 ta, Buxoro tumaniga 1420 ta, G‘ijduvon tumaniga 827 ta to‘g‘ri kelmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!