Isroil Madrimov: Krouford ajoyib jangchi. Umuman olganda, unda barcha narsa bor, ammo bu mening divizionim

Isroil Madrimov: Krouford ajoyib jangchi. Umuman olganda, unda barcha narsa bor, ammo bu mening divizionim

Birinchi o‘rta vazn toifasida jahon chempioni Isroil Madrimov yana bir bor amerikalik Terens Kroufordga qarshi jang haqida gapirdi.

"Krouford ajoyib jangchi. Umuman olganda, unda barcha narsa bor, ammo bu mening divizionim. Havaskorlarda men bundan ham yuqori vaznlarda jang qilganman, masalan 165 funtda. Havaskorda 330 ta jangim bor. Professionalga o‘tganimdan beri 154 funtda jang qilaman.

Barcha menda tajriba yetishmasligi haqida gapirmoqda, chunki men prof ringda 11 ta jang o‘tkazganman. Ammo bu mening divizionim. Raqibim mening vaznimga ko‘tarilmoqda. Men Kroufordning mahorati haqida bilaman. Lekin men vaqtim kelayotganini ham his qilyapman", - dedi Madrimov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!