Xitoy Tianhui 5-02 sun’iy yo‘ldoshini koinotga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi

Xitoy Tianhui 5-02 sun’iy yo‘ldoshini koinotga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi

Xitoy Yerni masofadan zondlaydigan Tianhui 5-02 sun’iy yo‘ldoshini orbitaga muvaffaqiyatli tarzda olib chiqdi.

Bu haqda “Chjungo xantyanbao” gazetasi xabar bermoqda.

Nashrning WeChat ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida aniqlik kiritishicha, qurilma Pekin vaqti bilan 06:49 da Tayyuan kosmodromidan (Shansi viloyati) modifikasiyalangan CZ-6 raketasi yordamida havoga ko‘tarildi. Bu “Chanchjen” tipidagi tashuvchi uchun bu 527-parvozdir.

Tianhui 5-02 geografik ma’lumotlarni uzatish, yer resurslarini ro‘yxatga olish va ilmiy tadqiqotlar uchun ishlatiladi.

Modifisiyalangan CZ-6 yangi avlod ikki bosqichli ekologik toza raketa bo‘lib, diametri 4,2 metr, uzunligi 50 metrga yetadi va quyosh bilan sinxron orbitaga kamida 4 tonna (quyi Yer orbitasiga 5 tonnagacha foydali yukni) yetkazib bera oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!