Boliviyadagi davlat to‘ntarishiga urinishda AQShning aloqasi bormi?

Boliviyadagi davlat to‘ntarishiga urinishda AQShning aloqasi bormi?

Boliviyadagi davlat to‘ntarishiga urinish bilan bog‘liq voqeaga AQShning hech qanday aloqasi yo‘q, Qo‘shma Shtatlar bu harakatni qoralaydi, dedi Oq uy rasmiy vakili Karin Jan-Pyer.

26 iyunda general Xuan Suniga rahbarligida bir guruh harbiylar poytaxt La-Pasdagi Prezident saroyi joylashgan Murilyo maydonini to‘sib qo‘ygan. Ular mamlakatda demokratiya va erkinlikni tiklash hamda siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilgan. Shundan keyin davlat rahbari Luis Arse yangi harbiy qo‘mondonni tayinladi. U o‘z navbatida, isyonchilarga maydonni tark etishni buyurdi. Xuan Suniga esa hibsga olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!