Mavritaniya janubi-g‘arbiy sohillarida 87 muhojir bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Mavritaniya janubi-g‘arbiy sohillarida 87 muhojir bo‘lgan kema cho‘kib ketdi

Mavritaniya janubi-g‘arbiy qirg‘oqlarida kema halokatida 87 muhojir halok bo‘ldi. Bu haqda Al-Akhbar'ga tayanib UzReport xabar berdi.
Asosan Senegal va Gambiyadan bo‘lgan halok bo‘lgan muhojirlarning jasadlari qirg‘oq qo‘riqchilari tomonidan Ndiago shahri yaqinidagi suvlardan topilgan.

36 muhojir qutqarib olindi, yana bir necha o‘nlab kishi bedarak yo‘qolgan deya xabar berilgan. Hammasi bo‘lib, “Al-Axbar” xabariga ko‘ra, kemada 184 kishi bo‘lgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qayiq Senegal-Mavritaniya chegarasidagi quruqlik qismidan okeanga kirgan.

G‘arbiy Afrika mamlakatlari qirg‘oqlaridan Yevropaga noqonuniy muhojirlarni olib o‘tishga urinishlar odatiy holga aylangan. Ular ko‘pincha bu maqsad uchun yaroqsiz kemalarda uzoq masofalarni bosib o‘tadigan odamlarning fojialariga va o‘limlariga olib keladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!