Toshkentning 5 ta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentning 5 ta tumanida gaz vaqtincha o‘chiriladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Chilonzor, Shayxontohur, Yangihayot, Sergeli va Olmazor tumanlarining ba’zi hududlariga 5-iyul kuni soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Hududgaz Poytaxt” xabariga ko‘ra, quyidagi hududlarda gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:

Chilonzor tumani – “Beshyog‘och” MFYdagi 220 ta xonadon, “Katta Olmazor” va “Beshyog‘och” MFYlarda ko‘p qavatli uylardagi 1505 ta xonadon hamda 30 ta ulgurji iste’molchi;

Shayxontohur tumani – Navoiy ko‘chasi joylashgan 8 ta ko‘p qavatli uydagi 240 ta xonadon;

Yangihayot tumani – “Humo” MFYdagi 176 ta xonadon, “Mash’al” MFYdagi 90 ta xonadon hamda 2 ta ulgurji iste’molchi;

Sergeli tumani – “Sofdil” MFYdagi 70 ta xonadon va 3 ta ulgurji iste’molchi;

Olmazor tumani – “Orzu” MFYda joylashgan 5 ta ko‘p qavatli uydagi 237 ta xonadon va 7 ta ulgurji iste’molchi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!