Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasi delegasiya a’zolari Samarqandda bo‘ldi

Rossiya Federasiyasining Tatariston Respublikasi delegasiya a’zolari Samarqandda bo‘ldi

4 iyul kuni Samarqand shahridagi Monomarkazda Tatariston Respublikasi mehnat, bandlik va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri Elmira Zaripova hamda ta’lim va fan vaziri Ilsur Hadiullin boshchiligidagi delegasiya a’zolari bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi mutasaddilari, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablari mas’ullari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokara davomida professional ta’lim sohasida malakali kadrlar tayyorlash va ularning Tatariston yirik ishlab chiqarish kompaniyalarida munosib bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, muloqotda ikki davlat professional ta’lim muassasalari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni rivojlantirish va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib oldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!