O‘zbekiston SHHTni mustahkamlash va rivojlantirishda muhim va hal qiluvchi rol o‘ynadi

O‘zbekiston SHHTni mustahkamlash va rivojlantirishda muhim va hal qiluvchi rol o‘ynadi

"Dunyo" AA uchun intervyusida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 3-4 iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan SHHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisidagi ishtiroki haqidagi fikrlarini bildirdi:

– O‘zbekiston SHHT tashkil etilganidan buyon tashkilotning eng muhim a’zo davlatlardan biri hisoblanadi.

Bu O‘zbekistonning Markaziy va Janubiy Osiyodagi geosiyosiy o‘rni bilan bog‘liq. Bilamizki, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasining markazida joylashgan va ularning o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi.

Mamlakat buyuk madaniy va tarixiy merosga ega hamda madaniy yo‘nalishlarni belgilaydi. Respublika 2017 yildan buyon SHHT, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar sammitlarida faol ishtirok etib, turli yo‘nalishlarda muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda.

Eng muhim tashabbus transport va logistika sohasiga tegishli. Masalan, Afg‘onistondagi tinchlik va farovonlikka hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatishi, dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qilishi mumkin bo‘lgan Transafg‘on yo‘lagini qayd etishimiz mumkin.

O‘zbekistonda startap kabi innovasiyalarga asoslangan tarmoqlar qo‘llab-quvvatlanayotganining guvohi bo‘lyapmiz, bu borada SHHT mamlakatlari o‘rtasida yaxshi aloqalar o‘rnatilgan.

Eronning SHHTga a’zoligi O‘zbekistonning tashkilotga raisligi davrida yakuniga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat SHHTni mustahkamlash va rivojlantirishda muhim va hal qiluvchi rol o‘ynadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!