Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan U.A. fuqaro M.X.dan jami 3 000 AQSh dollarini 37,5 mln so‘mga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Uchquduq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shug‘ullanib kelgan I.S. fuqaro O.A.ga jami 3 000 AQSh dollarini 38 mln so‘mga sotishga kelishib, oldindan 1 300 AQSh dollarini berib 38 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!