Si Szinpin yangi “Sovuq urush” tahdidi haqida ogohlantirdi

Si Szinpin yangi “Sovuq urush” tahdidi haqida ogohlantirdi

Xitoy yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, dunyoda yangi sovuq urush mentaliteti tarqalishi real tahdidi mavjud va buning oldini olish uchun SHHT yagona konsepsiya asosida xavfsizlikni himoya qilishi kerak.

“Biz xavfsizlik sohasida o‘zaro hamkorlikka asoslangan, umumiy keng qamrovli va barqaror konsepsiyaga amal qilishimiz kerak”, — dedi u o‘z nutqida.

Si Szinpin aniqlik kiritishicha, SHHT davlatlari xalqaro maydondagi murakkab chaqiriqlar va katta o‘zgarishlarga o‘zaro muloqot va hamkorlikni rivojlantirish orqali javob berishi kerak. Buning uchun o‘zaro manfaatdorlik tamoyiliga amal qilish zarur.

Xitoy Xalq Respublikasi raisi shu tarzda harakat qilish orqali tashkilotga a’zo davlatlar uzoq muddatli tinchlikni ta’minlash va global xavfsizlikni himoya qilish imkoniyatiga ega bo‘lishini eslatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!