Respublika “Ekolog” jamoat birlashmasi tomonidan Jizzax shahrida “O‘zbekistonda kulrang echkiemarni saqlab qolish bo‘yicha mahalliy aholining xabardorligini oshirish” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya institutining kichik ilmiy xodimi Temur Abduraupov, “Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Nargis Qosimova hamda Jizzax viloyati ekologiya boshqarmasi bioxilma-xillik bo‘limi xodimi Tolib Normatov ishtirok etdi.
“Nima uchun bo‘z echkiemari populyasiyasini saqlab qolish zarur?”, “Echkiemarlar qanchalik foydali, ularning go‘shti saratonni davolaydimi?”, “Bo‘z echkiemarlarning yo‘q bo‘lib ketish xavfi ortmoqda” mavzulari yuzasidan soha mutaxassislarining ma’ruzalari tinglandi.
O‘rta Osiyoda o‘tgan asrning 30-40 yillarida bo‘z echkiemar terisi sanoatda ishlatilgan. Bu o‘z navbatida ularning keskin kamayib ketishiga, ba’zida esa butunlay yo‘q bo‘lishiga olib kelgan. U 1985 yildan Qizil kitobga kiritilgan. Bugungi kunga kelib echkiemarlar asosan respublikamizning Jizzax, Navoiy, Namangan, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida saqlanib qolgan.
– Joriy yilning fevral oyida “Ekolog” jamoat birlashmasining “O‘zbekistonda kulrang echkiemarni saqlash bo‘yicha mahalliy aholining xabardorligini oshirish” loyihasi Xalqaro Global yashil grantlar fondining grantiga sazovor bo‘lgan, – deydi “Ekolog” nodavlat notijorat tashkiloti rahbari Nargis Qosimova. – Ushbu loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad aholi o‘rtasida Qizil kitobga kiritilgan kulrang echkiemar go‘shtining go‘yo “shifobaxsh”ligi to‘g‘risidagi fikrlar uydirma ekanini oshkor etish hamda bunday yo‘l tutish fuqarolarning salomatligiga jiddiy zarar keltirishini oldini olishdan iborat.
Ushbu jonzotlarning odamlardan boshqa dushmanlari deyarli yo‘q. Asosan, magistral yo‘llarda, ba’zida esa insonlar bilan to‘qnashuvlar natijasida o‘lim holatlarini uchratish mumkin. Eng achinarlisi, so‘nggi bir necha yil ichida ushbu jonzotlarga nisbatan yangi jiddiy tahdid paydo bo‘ldi. Bu noyob bo‘z echkiemarining go‘sht va yog‘i uchun tutish va sotish noqonuniy harakatlaridir. Har yili mahalliy aholiga nafaqat mahalliy bozor darajasida, balki xorijiy davlatlardan ham ko‘proq murojaatlar kelib tushayotgani, ularning hayotiga tahdid solmoqda.
– Bo‘z echkiemar Markaziy Osiyoda eng yirik sudralib yuruvchilarning sut emizuvchisi hisoblanib, ular asosan kemiruvchi va turli zararkunanda hasharotlar, jumladan, chigirtkalar bilan oziqlanadi, – deydi O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya instituti kichik ilmiy xodimi Temur Abduraupov. – Kemiruvchi va hasharotlar nafaqat qishloq xo‘jaligiga zarar yetkazadi, balki vabo tashuvchilar hisoblanadi. Agar ushbu jonzotlar bo‘lmaganida vabo epidemiyasi allaqachon boshlanib ketgan bo‘lardi. Echkiemar va ilonlarning go‘shti saraton kasalligini davolamaydi, aksincha, kasallikni rivojlantiradi va hatto o‘limga olib kelish ehtimoli yuqoridir. Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkiemarini tutgan yoki o‘ldirgan kishiga 34 million so‘m miqdorida jarima solinishi qonuniy belgilab qo‘yilganligi alohida eslatib o‘tish lozim.
O‘quv seminarida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эстония ҳарбий-денгиз кучлари ва НАТО авиацияси Болтиқ денгизида Россия портига йўл олган Габон байроғи остидаги нефть танкерини қўлга олишга уриниш қилди. Воқеа Фин қўлтиғи сувларида юз берди.
Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.
Нашрнинг ёзишича, Москва ҳозирда Истанбулдаги музокараларнинг энг кам натижасига ҳам рози бўлиши мумкин. Чунки Россиянинг ҳозирги тактикаси АҚШни ҳаддан ташқари ғазаблантирмаслик учун тинчлик жараёнига тайёрлигини кўрсатишдан иборат.
Нашр мухбири маълумот беришича, Истанбулдаги музокараларда Россия делегацияси, жумладан Владимир Мединский, Украина томонига Харкив ва Суми областларини босиб олиш билан таҳдид қилган.
АҚШ 2025 йил охирига қадар Европа қитъасидаги ҳарбий контингентини қисқартириш бўйича музокараларни бошлайди. Бу ҳақда НАТОдаги АҚШ доимий вакили Мэттю Уитакер маълум қилди.
АҚШ президенти Доналд Трамп Саудия Арабистони, Қатар ва Бирлашган Араб Амирликларига (БАА) қилган ташрифлари натижасида Америка иқтисодиётига 12-13 триллион доллар миқдорида сармоя киритиш бўйича келишувларга эришилганини маълум қилди.
Нодавлат ташкилот ҳисоботига биноан, 2022 йил 24 февралдан буён Россия қуролли кучлари Украинанинг 25 та меҳмонхонасига 31 марта ҳужум қилган. Ушбу меҳмонхоналар асосан фронт чизиғига яқин ҳудудларда - Харков, Донетск, Днепропетровск, Одесса ва Киевда жойлашган.
Сотувчи М.О. фуқаро Р.М.га кучли таъсир қилувчи дори воситасини шифокор рецептисиз сотган вақтида ушланиб, ундан 13 турдаги дори воситалари ва тиббий буюмлар ашёвий далил сифатида олинган.
Президент Маҳмуд Аббос таъкидлашича, мамлакат ичкариси ва ташқарисидаги фаластинлик қочқинлар сони 7 миллион кишига етди. Бу ҳақда WAFA агентлиги хабар берди.
ТИВ матбуот котиби Георгий Тихий шундай деди: Путин Зеленский билан Истанбулда учрашиш ва урушни тўхтатиш бўйича жиддий музокара ўтказиш ўрнига, Россиядан фақат шахсий ҳақоратлар эшитилмоқда.
Европа Иттифоқи Ҳарбий қўмитаси раҳбари Роберт Бригер маълум қилишича, ҳозирда Европа Иттифоқида Россия нефтини ташиётган танкерларни ушлаб қолиш операциясини бошлаш учун етарли ресурслар мавжуд эмас.
Бу ҳақда Россия туроператорлари ассоциацияси директори Майя Ломидзе “Марказий Осиёга Uzbekistan Airways қанотларида” биринчи йиллик форумида айтиб ўтди.
Украина президенти Володимир Зеленский Россия назоратидаги вақтинча оккупация қилинган ҳудудлар бўйича ҳеч қандай юридик тан олиш бўлиши мумкин эмаслигини қатъий таъкидлади.