Isroil garovga olinganlar masalasida HAMAS bilan muzokara o‘tkazish uchun delegasiya yuboradi

Isroil garovga olinganlar masalasida HAMAS bilan muzokara o‘tkazish uchun delegasiya yuboradi

Isroil hukumati garovga olinganlarni ozod qilish masalasida HAMAS bilan muzokara olib borish uchun maxsus delegasiya jo‘natadi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bergan bayonotga asoslanib, Reuters'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil bosh vaziri 4 iyul kuni AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon muloqotida bo‘lgan. Unda vazir G‘azoda asirlikka olinganlar masalasida muzokaralar to‘xtagan joyidan davom etishini ma’lum qilgan.

Isroil muzokaralar guruhidagi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan ma’lumot bergan manbaning aytishicha, HAMAS va Isroil kelishuv shartlarini yangilagan. Ikki tomon manfaatini nisbatan kengroq qamrab oluvchi bandlarning kelishuv bitimiga kiritilishi oqibatida raqiblarning murosaga kelishi reallikka aylangan.

So‘nggi kelishuvlarda Isroil tomonidan HAMAS takliflariga nisbatan qabul qilish kayfiyati nisbatan kuchaygan. Bungacha Tel-Aviv G‘azodagi guruhning har qanday talabini keskin rad etib kelayotgan edi.

Isroil vakillarining aytishicha, muzokaralarda Isroil delegasiyasiga mamlakatning “Mossad” razvedka agentligi rahbari yetakchilik qiladi. Delegasiya ishga kirishishdan oldin mamlakat bosh vaziri huzuridagi yig‘ilishda qatnashishi belgilangan.

“AQSh prezidenti bosh vazirning o‘z muzokarachilariga AQSH, Qatar va Misr vositachilari bilan kelishuvni tugatish maqsadida muloqot qilish huquqini berish haqidagi qarorini olqishladi”, — deyiladi Isroil bosh vaziri idorasi e’lon qilgan bayonotda.

Bayden bilan telefon suhbatida Netanyaxu Isroil o‘zining barcha maqsadlariga erishgandan keyingina G‘azodagi urushini to‘xtatishi haqidagi pozisiyasini takrorlagan. Netanyaxuning hukmron koalisiyadagi o‘ta o‘ng qanot hamkorlari, agar urush HAMAS yo‘q qilinmay turib tugasa, hukumatni tark etishlari mumkinligini ma’lum qilishgan. Ularning koalisiyani tark etishi esa Netanyaxuning bosh vazirligini tugatishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!