Sisiliya orolidagi Etna tog‘ida vulqon uyg‘ondi

Sisiliya orolidagi Etna tog‘ida vulqon uyg‘ondi

Evropadagi eng faol vulqonlardan biri bo‘lgan Sisiliyadagi Etna tog‘i uyg‘ondi, kul dengiz sathidan 4500 metr balandlikka ko‘tarildi. Tog‘ yonbag‘irlaridan 3300 metr balandlikdagi qip-qizil lava oqimlari oqib chiqdi, deb yozadi Euronews.

Hozirda Etna o‘rtacha faol. Biroq Italiya rasmiylari vaziyatning keskin o‘zgarishidan qo‘rqib, zilzila haqida ogohlantirishning yashil darajasini sariq rangga ko‘tardi.

YUNESKOning Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Etna tog‘ining balandligi 3357 metrni tashkil etadi. Vulqonda 200 dan 400 gacha subvulkanik kraterlar mavjud. Ular oyiga bir necha marta otilib chiqishadi.

Etna faolligi Sisiliya yaqinidagi Eol orollari arxipelagidagi Tirren dengizida joylashgan Stromboli vulqonining otilishi bilan yanada kuchaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!