Telefon o‘g‘risi uzoqqa qocholmadi

Telefon o‘g‘risi uzoqqa qocholmadi

Toshkentda tavakkalchilikka asoslangan o‘yin ortidan qarzga kirib qolgan 21 yoshli yigit ko‘chada turgan ayolning telefonini o‘g‘irlab ketdi.

Bu haqda IIV xabar berdi.

Qayd etilishicha, holat tungi soat 02:20 lar atrofida sodir bo‘lgan. O‘zganing mulkiga ochiqdan-ochiq ko‘z olaytirgan shaxs, ko‘p qavatli uy oldida turgan ayolning telefonni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

Toshkent IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida jinoyatchi topildi va jinoyatni sodir etishda gumon qilinib, 2003 yilda tug‘ilgan Diyor ismli shaxs qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 166 moddasi 1 qismi (Talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!