Osloda tinch aholiga qarata o‘t ochgan shaxs 30 yilga hukm qilindi

Osloda tinch aholiga qarata o‘t ochgan shaxs 30 yilga hukm qilindi

4 iyul, payshanba kuni Oslo hududiy sudi 2022 yilda Norvegiya poytaxtidagi tungi klub tashqarisida sodir bo‘lgan otishma bo‘yicha hukm chiqardi. AP agentligi e’lon qilgan sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchi - Eron-Norvegiya fuqarosi Zaniar Matapur terrorchilik harakatida aybdor deb topilib, 30 yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar beradi DW axborot agentligi.

Sud qaroriga ko‘ra, 45 yoshli erkak tinch aholiga qarata avtomatdan 10 ta o‘q va to‘pponchadan 8 ta o‘q otgan. Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Matapur “Islomiy davlat” terrorchilik tashkilotiga sodiqlikka qasamyod qilgan.

Sud jarayonida prokuror ham, himoyachi ham Matapur olomonga qarata o‘t ochgani va bu harakat terrorizm bilan bog‘liq ekanligiga to‘liq rozi bo‘ldi. Biroq sudlanuvchining advokati uni hujumni uyushtirishga chaqirgan va o‘zini “Islomiy davlat”ning yuqori martabali a’zosi sifatida ko‘rsatgan Daniya razvedkasi agenti ekanligini aytib, oqlov hukmini so‘ragan.

Oslo markazidagi otishma 2022 yil 25 iyunga o‘tar kechasi bir-biriga yaqin joylashgan uchta muassasa hovlisida sodir bo‘lgan. Hujum natijasida 2 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi.

Qirollik bosh vaziri Yonas Gar Stere voqeani “begunoh odamlarga shafqatsiz hujum” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!