Putin Ostonada nimalar dedi?
Rossiya prezidenti Ostonada o‘tkazilgan SHHTga a’zo davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Putinning matbuot anjumanida bildirgan fikrlaridan asosiy iqtiboslar:
◾️ Hokimiyatning tortib olinishi sharoitida Ukraina Oliy Radasiga bevosita murojaat qilish ma’nosiz;
◾️ Ukraina bo‘yicha kelishuvlarga erishmasdan turib o‘t ochishni to‘xtatish mumkin emas. Mmojaroga vositachilar orqali barham berish ilojsiz;
◾️ Agar AQShning o‘rta va qisqa masofali raketalari dunyoning istalgan mintaqasida joylashtirilsa, biz tegishli javob choralarini ko‘ramiz;
◾️ Tolibon Rossiyaning terrorizmga qarshi kurashdagi ittifoqchisi. Biz Afg‘onistonning haqiqiy siyosiy tuzilmalari bilan aloqalarini saqlab turishimiz kerak;
◾️ Tramp nomzod sifatida Ukrainadagi urushni to‘xtatishga tayyorligini e’lon qildi. Biz buni jiddiy qabul qilamiz, u buni chin dildan aytganiga shubham yo‘q;
◾️ Dushmanning o‘t ochishni to‘xtatish rejimidan foydalanib, o‘z pozisiyalarini yaxshilashiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.