Evropa Ittifoqi X ijtimoiy tarmog‘ini daromadining 6 foizi miqdorida jarimaga tortadi

Evropa Ittifoqi X ijtimoiy tarmog‘ini daromadining 6 foizi miqdorida jarimaga tortadi

Evropa Ittifoqi yil oxirigacha amerikalik tadbirkor Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘ini Yevropa Ittifoqining onlayn kontentni nazorat qilish bo‘yicha yangi qoidalarini buzgani uchun global foydasining 6 foizi miqdorida jarima solmoqchi.

Bu haqda Bloomberg Yevropa Ittifoqi institutlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, X ga qarshi davom etayotgan tergov doirasida, Internet-platforma operatorlarini Yevropa Ittifoqida taqiqlangan deb belgilangan kontentni algoritm darajasida va sud qarorisiz olib tashlash majburiyatini yuklagan Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi akti talablariga rioya qilmaganlik uchun shu qarorga kelinmoqda.

Iyul oyining oxiriga kelib, ichki bozor bo‘yicha yevrokomissar, Yevrokomissiyada media makonini nazorat qilish va Yevropa Ittifoqi sanoatini militarizasiyalashga qaratilgan sa’y-harakatlarni nazorat qiluvchi Tyerri Breton Maskning ijtimoiy tarmog‘i bo‘yicha so‘nggi rasmiy ogohlantirishni e’lon qiladi, shundan so‘ng u yil oxirigacha jarimaga tortiladi, deya xabar beradi agentlik.

Manbalarga ko‘ra, 2023 yilning 7 oktyabrida X ijtimoiy tarmog‘i HAMASning Isroilga hujumi aks etgan kadrlarni erkin tarqatib, real vaqt rejimida uni bloklamagani haqida ham da’volar ilgari surildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!