O‘zbekiston TIV rahbari Ostona shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston TIV rahbari Ostona shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ostona shahrida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

"Shanxay hamkorlik tashkilotining Ostona sammiti doirasida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar janoblari bilan samarali uchrashuv o‘tkazdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Kun tartibimiz har tomonlama boy bo‘lib, O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik ko‘lamini kengaytirishga qaratildi. Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, transport aloqalarini yaxshilash, o‘zaro turizmni rag‘batlantirish, ta’lim almashinuvini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ko‘plab sohalarda qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berdik".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3-4 iyul kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti tadbirlarida ishtirok etdi. SHHT sammitida qatnashgan Hindiston delegasiyasiga tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar boshchilik qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!